Uchrashuvda viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, Bosh prokuratura boshqarmalari boshliqlari va eksport bo‘yicha shtab a'zolari ishtirok etdi.

Tadbir davomida bosh vazir o‘rinbosarlari va bosh prokuror tomonidan eksportchilarning muammolari atroflicha muhokama qilindi, tadbirkorlarning savollariga javob qaytarildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda meva va sabzavotlar eksportiga oid muammolar kuzatilayotgani xabar berilgandi.