Hisob palatasi xodimlariga har oylik ustamalar belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba'zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5147-son farmonida 4-band (O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlarining cheklangan soni 81 nafar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb yuritiladi) xodimlarining soni 33 nafar miqdorda belgilansin) quyidagi tahrirda bayon etildi:
“4. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi boshqaruv xodimlarining umumiy soni 81 nafar miqdorda belgilansin”.
Quyidagi mazmundagi 5-1-band bilan to‘ldirildi:
“5-1. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlariga lavozim maoshlariga nisbatan quyidagi koeffitsiyentlar qo‘llanilgan holda har oylik ustamalar belgilansin:
qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblashda lavozim maoshi tarkibiga kiritiladigan alohida mehnat sharoitlari uchun 0,2 miqdorida;
uzoq muddatli uzluksiz ish staji uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun belgilangan miqdorlarda”.
Bundan oldin, Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Hisob palatasiga ishga o‘tkazilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:32 / 22.10.2024
Profta’lim muassasalari texnikumlarga birlashyapti – tizimda qanday o‘zgarishlar bor?
17:50 / 30.09.2024
Hisob palatasi raisiga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi
15:14 / 25.07.2024
Toshkent, Buxoro va Namanganda zargarlik markazlari tashkil etiladi
14:21 / 10.07.2024