Prezident farmoniga köra, Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari lavozimida işlagan Bahodir Töxtamişoviç Turobov Hisob palatasi raisining örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bahodir Turobov 1972 yil Surxondaryo viloyatida tuğilgan. 1994 yili Toşkent moliya institutini iqtisodçi mutaxassisligi, 2000 yili Bank-moliya akademiyasini moliya mutaxassisligi böyiça tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.

U 2011 yildan 2015 yilgaça Moliya vazirligi boşqarma boşliği, Boş boşqarma boşliği sifatida mehnat qilgan. 2015 yildan 2017 yilgaça “Özpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi Boş boşqarma boşliği lavozimida faoliyat olib borgan. 2017 yildan 2018 yilgaça Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi boş inspektori, şö'ba mudiri sifatida samarali mehnat qilgan.

2018 yil dekabr oyidan Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari sifatida faoliyat körsatib kelayotgandi.

Bundan oldin, Hisob palatasi raisining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan Olimxon Rustamov iqtisodiyot va sanoat vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangani xabar berilgandi.

Soliq qömitasi raisining «Hukumat soati»dagi çiqişi tanqid ostiga olindi