Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda konsert tufayli ayrim ko‘chalar barcha turdagi transport vositalari uchun yopiladi
20-21 sentabr kunlari 19:30da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat katta teatrining oldidagi maydonida “OPEN AIR-2019” simfonik musiqa konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda jahon va o‘zbek milliy musiqa san'atining durdona asarlari ijro etiladi.

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, mazkur konsert dasturini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida joriy yilning 20-21 sentabr kunlari soat 17.00 dan 23.00 gacha:
Matbuotchilar ko‘chasining Zarafshon ko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Buyuk Turon ko‘chasining Matbuotchilar ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Islom Karimov ko‘chasining Zarafshon ko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Zarafshon ko‘chasining Matbuotchilar ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Buxoro ko‘chasining Zarafshon ko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi barcha turdagi transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.
“Keltirilgan noqulaylik uchun uzur so‘raymiz!” - deyiladi hokimlik xabarida.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi bo‘lib o‘tadi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026