Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy ittifoqi anjumani bo‘lib o‘tmoqda
Bugun, 20 sentabr kuni O‘zbekiston poytaxtidagi “Anjumanlar saroyi”da MOMII (TsARES) a'zolari bo‘lgan davlatlar energetika vazirlari ishtirokida Markaziy Osiyo energetika-investitsiyaviy anjumani boshlandi.
Toshkentda ikki kun davomida bo‘lib o‘tadigan, shundan so‘ng viloyatlarda qator loyihalar bilan tanishish mo‘ljallangan bu tadbirni Energetika vaziri Alisher Sultonov ochib berdi va O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripovning tadbir ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatini o‘qib eshittirdi.

Energetika vazirlarining o‘zaro muloqoti davomida MOMII a'zolari bo‘lgan davlatlari vakillarining o‘zaro deklaratsiyasi imzolandi. Bu hujjatda davlatlar o‘zaro hamkorlikdagi 2030 yilga mo‘ljallangan energetik strategiya hamda BMTning “toza va arzon” energiya bo‘yicha 7 maqsadi yuzasidan qator ma'lumotlar jamlangan.
“Markaziy Osiyoda investitsion to‘siqlarni oshib o‘tish: o‘tish davrida biznesni energetik bozorga jalb etish” mavzusidagi suhbat bilan davom etgan anjuman O‘zbekiston hukumati va Osiyo taraqqiyot banki, MOMII vasiyligida o‘zaro hamkor bo‘lgan 11 davlat vakillari hamda ko‘plab mehmonlar ishtirokida bo‘lib o‘tayapti. Shuningdek energetika vazirlarining B-2-B formatidagi uchrashuvlari ham mo‘ljallangan.
Anjuman o‘z ishini davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
21:57 / 03.05.2026
Kuchli yomg‘irlar “Chorsu” metro bekati faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmadi - FVV
18:15 / 02.05.2026
Toshkentning uchta tumanida issiq suv 5 kunga o‘chiriladi
11:09 / 02.05.2026
Toshkent metrosining yer usti halqa yo‘li soat 5:00 dan ishlay boshladi
18:50 / 30.04.2026