Yevropa Ligasida 1-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. «MYu» o‘z uyida «Astana»ni qiyinchilik bilan yengdi. 17 yoshli Meyson Grinvudning goli «qizil iblislar»ga g‘alaba keltirdi.
«Portu», «Roma», «Volfsburg» klublari ham o‘z maydonlarida g‘alabaga erishishdi.
«Vulverhempton» kutilmaganda o‘z uyida «Braga»ga yutqazib qo‘ydi, Moskvaning «TsSKA» klubi esa Bolgariyada yanchib tashlandi.
Yevropa Ligasi, 1-tur
G guruhi
Portu – Yang Boyz 2:1
Gollar: Tikino (7, 29) – Nsame (15, penalti).
Reyndjers – Feyyenoord 1:0
Gol: Ojo (24).
N guruhi
Espanol – Ferensvarosh 1:1
Gollar: Vargas (60) – Xavi Lopes (10, avtogol)
Ludogorets – TsSKA 5:1
Gollar: Vanderson (47), Lukoki (50), Kesheryu (52, 68, 73 penalti) – Diveyev (11).
I guruhi
Gent – Sent-Eten 3:2
Gollar: Devid (2, 43), Perren (65, avtogol) – Xazri (38), Kaminski (74, avtogol)
Volfsburg – Aleksandriya 3:1
Gollar: Arnold (20), Mexmedi (24), Brekalo (67) – Banada (66).
J guruhi
Borussiya M – Volfsberg 0:4
Gollar: Vayssman (15), Laytgeb (31, 68), Ritsmayyer (41).
Roma – Istanbul 4:0
Gollar: Junior Kaysara (42, avtogol), Jyeko (58), Deanolo (71), Klyuyvert (90+3).
K guruhi
Slovan – Beshiktosh 4:2
Gollar: Shporar (14, 58), Lyubichich (90+3), Rxasalla (90+4) – Lyaich (29, penalti), Bojikov (45+1, avtogol).
Vulverhempton – Braga 0:1
Gol: Rikardu Orta (71).
L guruhi
MYu – Astana 1:0
Gol: Grinvud (73).
Manchester Yunayted: Romero, Roxo (Yang, 78), Jons, Tuanzebe, Diogu Dalot, Matich, Gomes (Mata, 68), Fred, Grinvud, Chong (Lingard, 68), Reshford.
Ostona: Erich, Tomashevich, Rukavina, Shomko, Shimunovich (Logvinenko, 46), Tomasov, Mayevskiy, Rotariu (Mubele, 82), Siguryonsson, Murtazayev (Yanga, 46), Postnikov.
Ogohlantirish: Fred (85)
Partizan – AZ Alkmaar 2:2
Gollar: Natxo (42 penalti, 61) – Stengs (12), Boadyu (66).