Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
15ta «Lasetti» va 1ta «Malibu»: Toshkentda fuqaroni 203 000 dollarga «uxlatishdi»
Ichki ishlar organlariga 37 yoshli S.M. murojaat qildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, murojaatchi 2016 yildan 2018 yil 4 iyulgacha bo‘lgan muddat ichida avtomobillar salonidan unga 15 ta “Lasetti Jyentra” va 1 ta “Malibu 2” rusumli avtomobil olib berishni va'da qilib, umumiy miqdorda 203 000 AQSh dollari olgan 35 yoshli T.Yu.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
IIBB xabarida aytilishicha, T.Yu. va'dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
12:11
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi bo‘lib o‘tadi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026