2019/2020 o‘quv yili uchun davlat stipendiyalari g‘oliblari ma'lum bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash bo‘yicha tanlov komissiyasining bayoni bilan 2019/2020 o‘quv yili uchun respublika oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalari tayinlandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, oliy ta'lim muassasalarining 205 nafar iqtidorli talabasi nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lishdi:
Navoiy davlat stipendiyasi – 66 nafar;
Beruniy davlat stipendiyasi – 61 nafar;
Ulug‘bek davlat stipendiyasi – 9 nafar;
Ibn Sino davlat stipendiyasi – 10 nafar;
Imom al-Buxoriy davlat stipendiyasi – 3 nafar;
Islom Karimov davlat stipendiyasi – 56 nafar.
Sovrindor talabalarga 2019 yil 1 sentyabridan boshlab joriy o‘quv yili davomida davlat stipendiyasi tayinlanadi.
Mavzuga oid
12:08 / 25.04.2024
TTA va Stomatologiya institutida xorijiy tillardan sertifikat olganlarga stipendiya berilmayotgani aytilyapti
18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?
16:58 / 06.02.2024
TDYuU talabalari uchun “Toshkent shahar prokurori stipendiyasi” joriy etiladi
13:51 / 15.12.2023