19:37 / 21.09.2019
0
7772

Hasanboy Rahimov jahon chempionatida bronza oldi

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.

-125 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Hasanboy Rahimov bronza medal uchun gilamga chiqdi va xitoylik Jivei Denni mag‘lub etib, terma jamoa hisobiga bronza medal qo‘shib qo‘ydi.

Hasanboy Rahimov bundan avvalroq o‘tish bosqichida moldovalik Aleksandr Romanovni 6:0 hisobida mag‘lub etgan holda Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top