Qozoğiston poytaxtida sport kuraşlari böyiça jahon çempionatining navbatdagi kuni terma jamoamiz uçun muvaffaqiyatli boşlandi. -125 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Hasanboy Rahimov Tokio-2020ga litsenziya qölga kiritdi.
Moldovalik Aleksandr Romanovni 6:0 hisobida mağlub etgan Rahimov keçki dasturda bronza medali uçun kuraşiş imkoniyati va, eng asosiysi, Tokio Olimpiadasining yöllanmasini qölga kiritdi. Hamyurtimiz bronza medali uçun xitoylik Jivei Denga qarşi gilamga çiqadi.

Eslatib ötamiz, bu terma jamoaning Tokio Olimpiadasiga qölga kiritgan sakkizinçi yöllanmasidir. Keçki dasturda -86 va -97 kilogramm vazn toifalarida Javrail Şapiyev hamda Magomed Ibragimov ham Olimpiadaga yöllanmasi uçun kuraş olib boradilar.

















