«Uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga ehtiyojmand mehnat migrantlariga köp kvartirali uylardan xonadonlar ajratiş hamda ipoteka kreditlari oliş huquqiga ega talabgorlarni saralab oliş tartibini tasdiqlaş töğrisida»gi hukumat qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.

Hujjat prezidentning 20 avgustdagi farmoniga asosan işlab çiqilgan. Bu farmonda uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda davlat buyurtmasi asosida quriladigan köp kvartirali uylardan 3 462 ta xonadon ajratilişi belgilangan edi.

Uşbu xonadonlar uçun ipoteka krediti oliş istagida bölganlar «labor migration» dasturiy majmuasida röyxatdan ötgan bölişi kerak. Bu dastur 1 oktyabrga qadar joriy etiladi.

Loyihaga asosan, uy-joyga talabgor migrantlarni tanlab oliş quyidagi ijtimoiy mezonlar asosida amalga oşiriladi:

a) ariza beruvçida mulk huquqi asosida turar joyning yöqligi va turar-joyda ijara şartlarida yoki yaşaş uçun yaroqsiz turar joyda yaşaşi;
b) boşqa oila (oilalar) bilan bir uyda (bir xonadonda) yaşaşi;
v) köp bolalilik (uç va undan ortiq);
g) ariza beruvçi oilasining daromadi;
d) ijtimoiy xususiyatiga köra alohida xonada yaşaşi kerak bölgan (sil, teri-tanosil kasalliklarining oğir körinişi, qandli diabetning yiringli yalliğlanişi, psoriaz) bemor oila a'zolar (tuman tibbiyot birlaşmasining xulosasi va fuqarolarning özini özi boşqariş organi ma'lumotnomasi asosida);
ye) ariza beruvçining oila a'zolari orasida birinçi guruh nogironligi bölgan şaxslarning mavjudligi;
j) ariza beruvçi uy-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir şaxs uçun umumiy uy-joy maydoni 16 kv. metrdan kam bölmagan, kursi-kolyaskadagi nogironlar uçun 23 kv. metrdan kam bölmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi;
z) yolğiz özi ikki va undan ortiq voyaga yetmagan farzandlarni tarbiyalayotganlar (fuqarolarning özini özi boşqariş organi ma'lumotnomasi asosida).

Ariza beruvçilarning uy-joyga muhtojligi darajasi tegişli komissiya tomonidan qöyiladigan ballardan kelib çiqib aniqlanadi va yozma tavsiya birinçi navbatda eng yuqori ball töplagan talabgorlarga beriladi.

Yozma tavsiya beriş rad etilgan taqdirda, komissiya rad etişning aniq sabablarini körsatgan holda ariza beruvçiga yozma xabarnoma yuboradi. Şuningdek, ariza beruvçiga rad etilişining sabablarini bartaraf etiş uçun muhlat beriladi, bu muhlat 5 iş kunidan kam bölmasligi kerak.

Ariza quyidagi hollarda rad etiladi:

a) topşirilgan hujjatlarning töliq emasligi;
b) hujjatlar keçikib topşirilişi;
v) taqdim etilgan hujjatlarda işonçsiz yoki notöğri ma'lumotlarning mavjudligi;
g) ariza beruvçining yuqorida körsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi örganilganida unda uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga ehtiyoj yöqligi aniqlanganida.

Ipoteka kreditlari böyiça imtiyozli davr – 1 yil etib belgilanişi taklif qilingan.

Bunda ipoteka kreditdan foydalanişning birinçi 5 yili davomida har yili foiz stavkasini qat'iy belgilangan 7 foizdan Markaziy bankning qayta moliyalaştiriş stavkasi darajasigaça bosqiçma-bosqiç oşib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalaştiriş stavkasida belgilanadi.

Kredit foizlarini hisoblaş annuitet formulasi böyiça amalga oşiriladi (ya'ni har oylik barça tölovlar kredit tölaşning butun davrida bir xil böladi).

Kvartira uçun boşlanğiç tölov miqdori –

a) qişloqlarda tört qavatli arzon köp kvartirali (2 va 3 xonali) uylardagi xonadonlar uçun — 10 foiz miqdorida;

b) şaharlarda arzon köp kvartirali uylardagi xonadonlar uçun – örtaça 15 foiz miqdorida belgilanişi kutilyapti.

Qaror loyihasi muhokamasi 7 oktyabrga qadar davom etadi.