Tegişli qonun loyihasi Içki işlar vazirligi tomonidan jamoatçilik muhokamasiga kiritildi. Hujjatda tartibbuzarliklar uçun jarima tölaşning soddalaştirilgan tartibini bekor qiliş nazarda tutilgan.
Agar özgartirişlar qabul qilinsa, bu imtiyozlar muntazam ravişda jiddiy qonunbuzarliklarga yöl qöyadiganlar uçun işlamaydi. Tizimli qoidabuzarlar toifasiga bir oy içida:
- belgilangan tezlikni soatiga 40 yoki 60 kilometrdan beş marta oşirgan;
- svetoforning qizil çiroğidan ikki marta ötib ketgan yoki tartibga soluvçining harakatlariga e’tibor bermagan;
- ikki marta qarama-qarşi bölakka çiqib ketgan yoki avariyaviy vaziyat keltirib çiqarganlar kiradi.
Içki işlar vazirligining ma’lum qilişiça, bunday çora oğir oqibatlarga olib keladigan YTH sonini kamaytiradi.












