Özbekiston prezidenti bugun, 10 aprel kuni imzolagan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Unga köra, endilikda qonun loyihalarini parlamentga kiritişda quyidagilar ham loyiha bilan birga taqdim etilişi kerak:
- loyihaning huquqiy ekspertizasi natijalari;
- loyihaning korrupsiyaga qarşi ekspertizasi natijalari;
- loyiha böyiça ötkazilgan jamoatçilik muhokamasi natijalari.
Qonunçilik taşabbusi huquqi sub’yektiga özi kiritgan qonun loyihasi ikkinçi öqişda qabul qilinguniga qadar, Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga taklif kiritiş orqali uni çaqirib oliş huquqi berilmoqda.
Endilikda qonunlar kuçga kirgan kundan e’tiboran 5 yil ötgaç, mas’ul davlat organlarining va Oliy Majlis palatalari qömitalarining taşabbusiga köra, qonunning samaradorligini, unda belgilangan maqsadga va kutilayotgan natijalarga erişilganini aniqlaş uçun qonunning tartibga soliş ta’siri baholaşdan ötkazilişi mumkin.












