Qayd etilishicha, 2021 yil 4 noyabr kuni holatiga ko‘ra, respublika miqyosida jami 4 100ta prezident hujjatlaridagi nazoratga olingan 61 186ta topshiriq mavjud bo‘lib, shulardan 48 341tasi nazoratdan yechilgan, 12 473tasi ijro jarayonida.
2016-2021 yillarda qabul qilingan 145ta O‘zbekiston prezidenti hujjatlarida belgilangan jami 4 294ta topshiriqlarning ijrosi monitoring qilinib, natijasi bo‘yicha tahliliy ma'lumotlar prezident administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
Shuningdek, hujjatlar loyihalari puxta hamda professional darajada tayyorlanganligi o‘rganilib, ularning ijro etilmaslik xavfi loyiha bosqichidayoq ekspertiza qilinayotgani aytildi.
Natijada, huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan 878ta loyihaning har to‘rttadan bittasi (250ta) bu borada kamchiliklar mavjudligi sababli tashabbuskor idoralarga qaytarilgan.











