Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"AQSh agenti" deyilayotgan Smolenkov bedarak yo‘qolgan shaxs sifatida qidiruvga berildi
OAV Amerika maxsus xizmatlari ayg‘oqchisi deb atayotgan Oleg Smolenkov bedarak yo‘qolgan shaxs sifatida Rossiyada qidiruvga berildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Rossiya IIV ma'lumotlar bazasiga Smolenkov "bedarak yo‘qolgan shaxs" sifatida kiritilgan va shu sabab bo‘yicha qidiruvga berilgan.
Avvalroq CNN telekanali AQSh maxsus xizmatlari 2017 yilgi maxfiy operatsiya chog‘ida Rossiyadan o‘z agentini olib chiqib ketganini xabar qilgandi.
Telekanalning ta'kidlashicha, u "Rossiya rahbariyatida ishlagan". Shu bilan birga AQSh prezidenti Donald Tramp bu voqea haqida hech narsani bilmasligini aytdi.
Mavzuga oid
11:32
Apacheʼni “qulatgan” iroqlik dehqon – Amerika harbiy vertolyotini miltiqda urib tushirib bo‘ladimi?
22:21 / 17.07.2026
Urush yana qaytalandi. Nega?
20:40 / 17.07.2026
Iroqda Trampning o‘limi uchun 10 million dollar mukofot va’da qilindi
10:55 / 17.07.2026