Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya dronlar hujumidan himoyani kuchaytirmoqda
Saudiya Arabistoni neft obektlariga qilingan hujumdan so‘ng Yaponiya mudofaa vazirligi dronlarning ehtimoliy hujumidan himoyani kuchaytirmoqda. Bu haqda Yaponiya jamoat televideniyesi ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, dronlarga qarshi texnologiya va qurilmalarni yaratish hamda ishlab chiqarish bo‘yicha xarajatlar kelgusi moliya yili uchun mo‘ljallangan budjet loyihasiga kiritilgan.
Mablag‘lar xususan radioelektron ta'sir ko‘rsatuvchi texnologiyalar hamda dronlarni havoda tutish qurilmalari ishlab chiqarishga sarflanadi.
Eslatib o‘tamiz, 14 sentabr kuni Saudiya Arabistonining Saudi Aramco kompaniyasi neft zavodlariga 10ta dron yordamida hujum uyushtirilgandi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026