Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Patriot va F-35 yetkazib berish bo‘yicha Turkiyaga yangi taklif berishi mumkin
AQSh Patriot zenit raketa majmualari va beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlari yetkazib berish bo‘yicha Turkiyaga yangi taklif berishi mumkin. Bu haqda Haber Turk telekanali xabar qildi.
Ma'lum qilinishicha, Vashington va Anqara tovar almashish hajmini 100 mlrd dollarga yetkazish uchun erkin savdo to‘g‘risida bitim imzolashga tayyorlanmoqda. Mazkur bitim doirasida Turkiyaga Patriot va F-35 yetkazib berish bo‘yicha yangi taklif beriladi, mamlakat uchun alyuminiy va po‘latga nisbatan bojlar pasaytiriladi.
Turkiya bir necha yil AQSh bilan Patriot zenit raketa majmualarini sotib olish uchun kelishishga uringan, ammo Vashington buni rad etganidan so‘ng Anqara Moskvadan S-400 majmualarini sotib olishga qaror qilgandi.
2017 yil sentyabrda Rossiya va Turkiya S-400 yetkazib berish bo‘yicha 2,5 mlrd dollarlik shartnoma imzoladi. Turkiyaga S-400 yetkazib berish shu yil 12 iyuldan boshlandi.
Mavzuga oid
11:32
Apacheʼni “qulatgan” iroqlik dehqon – Amerika harbiy vertolyotini miltiqda urib tushirib bo‘ladimi?
22:21 / 17.07.2026
Urush yana qaytalandi. Nega?
20:40 / 17.07.2026
Iroqda Trampning o‘limi uchun 10 million dollar mukofot va’da qilindi
10:55 / 17.07.2026