Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi sessiyasi: «yashirin iqtisodiyot»ga chek qo‘yish masalasi muhokama qilindi
2019 yil 21 sentabr kuni Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari senatorlar hamda boshqa mutasaddi idoralar vakillaridan iborat tarkibda tuzilgan ishchi guruhi bilan birga prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 2 avgust kuni bo‘lib o‘tgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalarning ijrosi bo‘yicha viloyatda o‘tkazilgan tahlil natijalarini har tomonlama muhokama qildilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yil sentabr holatiga viloyatda 43 920 ta tadbirkorlik sub'yekti faoliyat yuritayotgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida 4 288 ta tadbirkorlik sub'yekti tashkil etilgan. Hududdagi tijorat banklari tomonidan barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 110 362 nafar sub'yektga 2,6 trln.so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan.
Ammo, tadbirda ta'kidlanganidek, bu ishlar yetarli emasligi, bugungi kunda tadbirkorlarning ham, mutasaddilarning ham dunyoqarashini o‘zgartirish lozimligi alohida ta'kidlab o‘tildi. Ayniqsa, banklar ish uslubini tubdan yangilab, o‘z mijozlari bilan haqiqiy ma'noda biznes-hamkorga aylanmog‘i kerak. Tadbirkorlik sub'yektlariga xizmat ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, ularga har taraflama ko‘maklashish, tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratishda qulayliklar yaratish, mavjud qarzdorliklarni yechish — eng ustuvor vazifa darajasiga ko‘tarilishi kerak.
Bundan tashqari, tadbirda Savdo-sanoat palatasi biznes vakillari bilan ishlarni lozim darajada yo‘lga qo‘ymagani tanqid qilindi. Shundan kelib chiqib, palata tadbirkorlar bilan ishlashni jonlantirishi, biznes sohasi vakillariga har tomonlama ko‘maklashishi lozimligi qayd etildi. Shuningdek, viloyatda “yashirin iqtisodiyot”ga chek qo‘yish masalasiga ham alohida e'tibor qaratildi.
Sessiyada viloyatda tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni kompleks hal qilishda mahalliy kengashlar deputatlik korpusi, partiya guruhlarining mas'uliyatini yanada kuchaytirish, ishbilarmonlarning muammolari bo‘yicha aniq manzilli ish olib borish zarurligi ta'kidlandi.
Ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi. Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri N.Ismoilov ishtirok etdi.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
20:57 / 08.11.2024