Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron prezidenti Isroilni IShIDni qo‘llab-quvvatlashda aybladi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Isroilni IShIDga ko‘mak ko‘rsatishda aybladi. Ruhoniy bu haqda Fox News telekanaliga intervyusida aytib o‘tdi.
“Terrorchilar – IShIDni qo‘llab-quvvatlayotganlardir. Isroil IShIDning yaralangan jangarilariga g‘amxo‘rlik qiluvchi, ularga qurol yetkazuvchi davlatdir”, deb aytgan Eron prezidenti.
“Albatta, sizda qandaydir shubhalar bo‘lganmidi?”, deb aytgan boshlovchining savoliga javoban Ruhoniy. “Agar sizga isbot kerak bo‘lsa, Isroil shifoxonalariga borib, u yerda IShIDning yaralangan jangarilari, ularga qanday yordam ko‘rsatilayotganini ko‘rishingiz kerak. Siz IShID jangarilaridan tortib olingan qurolni va u Isroilda ishlab chiqarilganini ko‘rishingiz lozim”, deb aytgan Eron prezidenti.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026