Oq uy Trampning impichmentiga olib kelishi mumkin bo‘lgan suhbat matnini e'lon qildi
Oq uy saytida AQSh prezidenti Donald Trampning ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati matni e'lon qilindi. Suhbat Zelenskiyning inauguratsiyasidan keyin, 25 iyulda bo‘lib o‘tgan.
Suhbat matni 5 sahifa joy olgan. Unda matnning oshkor qilinishini talab qilgan AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Baydenning nomi bir necha marta tilga olingan. Stenogramma suhbat vaqtida Tramp kabinetida bo‘lgan Oq uy xodimlari yozuvlari asosida tuzilgan.
Hujjat Tramp Zelenskiydan Jo Baydenning o‘g‘li ishini tergov qilishni so‘raganidan dalolat beradi. Biroq AQSh matbuotining ta'kidlashicha, Tramp suhbat vaqtida tergov o‘tkazilishini Ukrainaga yordam ajratilishi bilan bog‘lamagan.
«Yana bir narsa. Baydenning o‘g‘li haqida Bayden Ukrainada taftishni to‘xtatgani haqida gaplar yuribdi va ko‘plab odamlar bu haqida bilishni istaydi. Shu sababli, siz bu borada bosh prokuror bilan qila oladigan barchasi yaxshi bo‘lardi», degan Tramp suhbat vaqtida Zelenskiyga.
«Bayden taftishni to‘xtatganini aytib maqtanib yurgan. Shu sababli siz bu bilan shug‘ullanishingiz mumkin», deb davom ettirgan AQSh prezidenti.
Zelenskiy bunga javoban bundan xabari borligini va Ukrainaning yangi bosh prokurori bu ish bilan shug‘ullanishini aytgan.
Trampning Zelenskiy bilan suhbati AQSh OAVda katta shov-shuv keltirib chiqardi. Tramp suhbat vaqtida Zelenskiyni Xanter Baydenga nisbatan tergov boshlashga ko‘ndirishga harakat qilgani hamda bu borada advokati Rudi Juliani bilan ishlashga chaqirgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
14:30 / 09.11.2024
Zelenskiy RF bilan xavfsizlik kafolatlarisiz sulh tuzishni rad etdi
10:42 / 08.11.2024
Zelenskiy Budapeshtda RFga yon bosmaslikka chaqirdi
09:08 / 08.11.2024
Zelenskiy: Kursk oblastidagi KXDR askarlari yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda
08:30 / 07.11.2024