Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi (Rossiya) bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilning 22 sentabr kuni Mariya shifoxonasida O‘zbekiston fuqarosi S.S. vafot etdi.
TIV xabariga ko‘ra, u 21 sentyabr kuni Furshtat ko‘chasida jarohatlangan holda topilgan va kasalxonaga joylashtirilgan edi. Ayni paytda tergov tadbirlari olib borilmoqda.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi hamda hamyurtimiz jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan va eslatishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.
Mavzuga oid
13:30 / 21.10.2024
Sankt-Peterburgda UUA urib tushirilganidan keyin yuzlab uylar «svet»siz qoldi
10:15 / 24.06.2024
Peterburgda Prigojinning «trollar fabrikasi» sobiq rahbari ushlandi
13:13 / 28.05.2024
Yangi Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Sankt-Peterburg nomi beriladi
07:52 / 18.05.2024