Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa xavfsizlik masalalarini o‘rganish markazi vakillari O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy ta'lim tizimini yanada takomillashtirish dasturi asosida chet ellik delegatsiya vakillari, o‘qituvchi va kursantlar ishtirokida ochiq dars o‘tkazildi.
AQSh elchixonasi, Jorj Marshall nomidagi Yevropa xavfsizlik masalalarini o‘rganish markazi hamda AQSh Qurolli Kuchlaridan tashrif buyurgan mehmonlar akademiyaning tillar kafedrasi faoliyati, o‘quv moddiy bazasi, axborot resurs markazi, mavzuviy sinflar va o‘qituvchilar xonalari bilan tanishishdi.

Tillar kafedrasi boshlig‘i polkovnik Azizjon Toirov ochiq dars davomida harbiy ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan zamonaviy dasturlarni namoyish etish bilan bir qatorda delegatsiya vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Ochiq darsning ikkinchi qismida akademiya kursantlari ingliz tili o‘qituvchisi, Qurolli Kuchlar xizmatchisi Dildora Nasriddinova bilan birgalikda o‘z bilim va ko‘nikmalarini yig‘ilganlar e'tiboriga namoyish qildilar. Darsning to‘liq ingliz tilida va zamonaviy texnika vositalari yordamida olib borilishi xorijlik delegatsiya vakillarida iliq taassurot qoldirdi.

AQSh elchixonasi, Jorj Marshall nomidagi Yevropa xavfsizlik masalalarini o‘rganish markazi hamda AQSh Qurolli Kuchlari mas'ul xodimlari ham o‘z navbatida xalqaro harbiy hamkorlikni rivojlantirish dasturi asosida yangicha dasturlari bilan akademiya o‘qituvchilari va kursantlarga taqdimot o‘tkazishdi.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
18:34 / 25.05.2026
Turkiya O‘zbekistonga Qurolli kuchlarni isloh qilishda ko‘maklashadi
11:48 / 19.03.2026
Maduroning safdoshi Venesuela Mudofaa vazirligini boshqarishdan chetlatildi
07:20 / 14.02.2026