Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda O‘zbekiston - Hindiston muzokaralari bo‘lib o‘tdi
2019 yilning 24 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Nyu-York shahrida Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jaishankar bilan uchrashdi.
Ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari siyosat, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning ustuvor masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.
O‘zbekiston va Hindiston yetakchilarining muntazam muloqoti natijasida ikki tomonlama munosabatlarda kuzatilayotgan yangicha shiddat mamnuniyat bilan qayd etildi.
Suhbatda tovarlar va xizmatlarni o‘zaro yetkazib berish nomenklaturasini kengaytirish, savdo aylanmasi hajmlarini oshirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga urg‘u bergan holda hamkorlikning iqtisodiy bloki masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Turli darajadagi bo‘lajak O‘zbekiston-Hindiston uchrashuvlarining jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik hamda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash sohasidagi sherikchilik masalalari ham muhokama qilindi, deyiladi TIV xabarida.
Mavzuga oid
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026