Jamiyat | 16:10 / 28.09.2019
25531
2 daqiqa o‘qiladi

HUMO kartasi egalari uchun yana bir qulaylik!

Aksiyadorlik-tijorat «Qishloq qurilish bank»ning «QQB-mobile» mobil ilovasi tobora ommalashib bormoqda.

Shu kunlarda ushbu dasturdan foydalanuvchilar uchun yana bir qulaylik yaratildi. Endilikda «Qishloq qurilish bank»ning HUMO plastik kartasiga ega bo‘lgan fuqarolar ham «QQB-mobile» ilovasi orqali turli amaliyotlarni bajarishlari mumkin.

Xususan, HUMO plastik kartasi egalari dastur yordamida:

  • Turli to‘lovlarni amalga oshirishi;
  • «Onlayn-konversiya» xizmatidan foydalanishi;
  • Bir plastik kartadan boshqa plastik kartaga mablag‘ o‘tkazishi (HUMO-UZCARD/UZCARD-HUMO) mumkin.

Hozirgacha faqatgina UZCARD plastik kartalari egasi bo‘lgan mijozlar ushbu zamonaviy dasturdan foydalanib uyali aloqa operatorlari, shahar telefoni, internet provayderlar, raqamli televideniye xizmatlari, kommunal to‘lovlarni, Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi jarima to‘lovlarini amalga oshirib kelayotgan edilar.

HUMO kartasi egalari uchun «QQB-mobile» dasturi orqali amaliyotlarni bajarish imkoniyatining paydo bo‘lishi mijozlarning vaqtini tejaydi va ularga qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

Kelgusida mazkur mobil ilova yanada takomillashtiriladi va yangi  masofaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati yo‘lga  qo‘yiladi.

Eng muhimi shundaki, bank tomonidan joriy etilayotgan bu kabi yangiliklarning barchasi aholiga va mijozlarga ko‘rsatilayotgan zamonaviy bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirishni ko‘zlaydi. 

«Qishloq qurilish bank» – farovon hayotingiz xizmatida!

«QQB-mobile» ilovasidan foydalaning va qulayliklardan bahramand bo‘ling!

Ilovani quyidagi havolalar orqali yuklab olishingiz  mumkin:

App Store (iOS) 

Google Play (Android)

Qo‘shimcha ma'lumot uchun: (+99871) 150-93-39

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: t.me/QQBank

Facebook: fb.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid