Davlat aktivlarini boşqariş agentligi “Milliy banklararo protsessing markazi” (Humo tölov tizimi operatori) mas’uliyati çeklangan jamiyati aksiyadorlik jamiyati şaklida qayta taşkil etilganini ma’lum qildi. Bu töğrisida Davaktiv agentligining tegişli buyruği qabul qilingan va jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi 2024 yil 13 may kuni Davlat xizmatlari markazidan davlat röyxatidan ötkazilgan.
“Hozirda “Milliy banklararo protsessing markazi” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini birlamçi çiqariş böyiça tegişli işlar amalga oşirilmoqda”, - deyiladi rasmiy xabarda.
Ma’lumot uçun, prezidentning 2023 yil 30 noyabrdagi 381-son qaroriga köra, 2024 yil 1 iyuldan boşlab tölov tizimi operatorlari faqat aksiyadorlik jamiyati şaklida taşkil etilişi belgilangan.
OAVdagi xabarlarga köra, 2024 yil boşidan beri bir neçta tölov tizimlari, xususan, Click va Brio Group tuzilmasi aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta taşkil etildi.
Eslatib ötamiz, aprel oyida Özbekistonda yangi xususiylaştiriş dasturi e’lon qilingandi. Undan Humo tölov tizimi bilan bir qatorda “Özavtosanoat” tarkibidagi önlab korxonalar, issiqlik elektr stansiyalari, Toşkent metallurgiya zavodi, Silk Avia aviakompaniyasining xususiylaştiriş rejalari örin olgan. Bundan taşqari, NKMK, OKMK va boşqa bir qator yirik davlat korxonalari xorijiy va/yoki mahalliy fond bozorlarida IPO/SPO ötkazadi.












