Qozoğistonning Kaspi fintex kompaniyasi Humo tölov tizimini xususiylaştiriş jarayonidagi iştirokini töxtatganini ma’lum qildi.
Kompaniya Özbekiston raqamli transformatsiyasida iştirok etiş uçun imkoniyatlarni izlaşda davom etişini bildirgan.
Ma’lumot uçun, 2024 yilda Kaspi.kz AQŞning NASDAQ fond birjasida IPO ötkazdi va bu sönggi ikki yil içidagi eng yirik ommaviy takliflardan biriga aylandi. Ayni paytda kompaniyaning kapitallaşuvi taxminan 24 milliard dollarni taşkil etadi.
«Humo» tölov tizimi haqida
“Milliy banklararo protsessing markazi” AJ – bank tölov kartalariga asoslangan Humo tölov tizimi Özbekistonda va xorijda operatsiyalarni amalga oşirişga möljallangan bölib, Özbekiston tölov tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Jamiyat tölov tizimining operatori faoliyatini amalga oşirişga doir Markaziy bankning tegişli litsenziyasiga ega. Ustav kapitali: 155,4 mlrd söm.
Ayni paytda 27 milliondan ortiq Humo kartalari çiqarilgan bölib, 210 mingdan ortiq terminal va 6,4 mingdan ortiq bankomatlar örnatilgan.
Aprel oyida Özbekistonda yangi xususiylaştiriş dasturi e’lon qilingandi. Undan bir qator yirik davlat korxonalari qatorida Humo tölov tizimini ham xususiylaştiriş rejalari örin olgan.
Iyul oyida Davaktiv Humo davlat tölov tizimini sotib oliş uçun arizalarni qabul qiliş boşlanganini e’lon qildi. Davlat uluşi «muzokaralarga ommaviy ravişda taklif qiliş» usuli orqali sotilişi aytilgandi. Avgust oyida Kaspi uşbu jarayonda iştirok etiş niyati borligini e’lon qildi.












