Jamiyat | 16:07 / 30.09.2019
8495
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Agrobank tomonidan zamonaviy agroklasterlarga press-tur o‘tkazildi

Kuni kecha Farg‘ona viloyatida «Agrobank» ATB tomonidan «Hududlarda paxta-to‘qimachilik klasterlarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlarda «Agrobank» ATB ning ishtiroki» mavzusiga bag‘ishlab press-tur o‘tkazildi. Unda «Agrobank» ATBning rahbar va xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini yanada rivojlantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, yurtimizda paxta-to‘qimachilik klasterlarni tashkil etish va shu orqali to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirishga bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada «Agrobank» ATB tomonidan ham ushbu tarmoqni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli sa'y-harakatlar olib borilayotgani hech kimga sir emas.

Xususan, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish bo‘yicha bugungi kun holatiga tashkil etilgan 74 ta klaster korxonasining 33 tasi bilan Agrobank o‘rtasida 2019 yilgi paxta hosilini moliyalashtirish bo‘yicha shartnomalar imzolangan.

Joriy yilning 1 sentabr holatiga ko‘ra, «Agrobank» ATB filiallari tomonidan paxta-to‘qimachilik korxonalariga paxta hosilini yetishtirish qiymatining 60 foizi miqdorida 2 trln 43 mlrd so‘mlik mablag‘ ajratilgan. 

Press-tur davomida OAV xodimlari bankning moliyaviy ko‘magida o‘z ish faoliyatini boshlagan bir qator zamonaviy agroklasterlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Press-tur ishtirokchilari dastlab, Toshloq tumanida joylashgan «Expo Koller Prin Teks» MChJga tashrif buyurib, bu yerda olib borilayotgan ishlar haqida mutaxassislardan ma'lumotlar olishdi.

Ushbu zamonaviy agroklasteriga bank tomonidan paxta hosilini yetishtirish uchun 36,4 mlrd so‘mlik bank mablag‘lari ajratilgan. Mazkur korxona paxta tolasidan ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxona bir yilda 3600 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona tomonidan joriy yilning shu davriga qadar 10 million AQSh dollari qiymatidagi mahsulotlar Xitoy, Belgiya, Polsha davlatlariga eksport qilingan.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, bank bilan hamkorlik natijasida «Expo Koller Prin Teks» MChJ tomonidan 100 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. Hozirda korxonada jami 1052 nafar ishchi faoliyat olib bormoqda.

Press-tur davomida OAV xodimlari Rishton tumanida ham bo‘lib, u yerda «Rus O‘zbekteks» MChJga tashrif buyurishdi. Korxona to‘g‘risida mutaxassislar tomonidan ma'lumotlar olishdi.

Ushbu zamonaviy agroklasteriga bank tomonidan paxta hosilini yetishtirish uchun 34,4 mlrd so‘m hamda ip kalava to‘qimachilik dastgoxlarini sotib olish uchun 945,5 ming AQSh dollari miqdorida bank mablag‘lari ajratilgan. Mazkur korxona paxta tolasidan ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxona bir yilda 4 mln tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona tomonidan joriy yilning shu davriga qadar 4,8 million AQSh dollari qiymatidagi mahsulotlar Xitoy, Turkiya, Belorusiya davlatlariga eksportga chiqarilgan.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, bank bilan hamkorlik natijasida «Rus O‘zbekteks» MChJ tomonidan 50 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Korxonada bugungi kunga kelib 882 nafar ishchi faoliyat olib bormoqda. 

«Agrobank» jamoasi yurtimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarini yanada taraqqiy ettirish, aholini tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, bank xizmatlarini yanada rivojlantirish yo‘lida keng ko‘lamli sa'y-harakatlarni bundan keyin ham ustuvor ravishda olib boradi. 

Sayt: www.agrobank.uz

Telegram: t.me/AgrobankChannel

Instagram: @Agrobank_uz

Facebookfb.com/AgrobankUzbekistan

«Agrobank» ATB matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid