Jahon | 16:40 / 30.09.2019
10252
1 daqiqa o‘qiladi
«Ash-Shabob» jangarilari AQShning Somalidagi harbiy bazasiga hujum qildi
"Ash-Shabob" guruhi jangarilari AQShning Somali janubidagi aviabazasiga hujum qildi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.
Goobjoog News nashrining yozishicha, Baledogle aviabazasiga hujum uyushtirilgan.
"Manbalarning ma'lumot berishicha, jangarilar bazaga yuk mashinalarida bostirib kelishgan, hujum yarim soatdan so‘ng qaytarilgan", - deyiladi xabarda.
Guvohlardan birining so‘zlariga ko‘ra, ushbu voqeadan so‘ng otishma boshlangan. Qurbonlar va yaradorlar haqida hozircha ma'lumot berilmadi.
Garowe Online nashrining bildirishicha, hujum uchun javobgarlikni "Ash-Shabob" guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
09:20 / 05.08.2024
Somali poytaxtidagi teraktda 32 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi
21:43 / 21.03.2024
Somali dengiz qaroqchilari yana faollashdi
22:45 / 26.01.2024
Qizil dengizda Somali qaroqchilari ham faollashdi – OAV
23:27 / 10.01.2024