Karmana tumanida yangi ichki ishlar bo‘limlari foydalanishga topshirildi - fotolar
Mahallalarda huquqbuzarlik hamda jinoyatlarni barvaqt oldini olish, hududdagi kriminogen vaziyatni yaxshilash, eng muhimi — fuqarolarni rozi qilish bugungi kunda katta e'tibor berilayotgan masalalardan biridir.
Ana shu maqsadida Navoiy viloyati Karmana tumanida uchta mahalla — «Jaloir», «Narpay» hamda «Malikrabot» hududlarida ichki ishlar bo‘limlari tashkil etildi.
Navoiy viloyat IIB matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, mazkur binolarni qurishga viloyat hokimligi tomonidan 3 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ sarflandi. Qolaversa har bir ichki ishlar bo‘limlariga xizmat avtomashinalari viloyat hokimi tomonidan topshirildi.
«Yaratilgan bu kabi imkoniyatlar natijasida endilikda hudud aholisi sohaga taalluqli har qanday murojaatni shu yerning o‘zidayoq bildirishi mumkin, qolaversa bo‘limda jinoyat qidiruv, tergov hamda profilaktika xizmati xodimlari tun-u kun fuqarolarni qabul qilishadi, birdan bir maqsadimiz xalqimizni ichki ishlar tizimidan rozi bo‘lishi hamda hudud osoyishtaligini yanada mustahkam ta'minlashdir», — deydi Karmana tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Eshqobil Do‘sanov.
Mavzuga oid
18:50 / 16.03.2024
Navoiyda 4 oylik chaqalog‘ini sotishga uringan ayol qamaldi
07:33 / 10.04.2023
Navoiyda 3 qavatli qurilish mollari savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi
14:12 / 21.06.2022
Karmanadagi korxona o‘zi ishlab chiqarayotgan nanomahsulotlar eksporti ko‘lamini oshirmoqchi
08:28 / 31.12.2020