Jahon | 19:26 / 01.10.2019
3963
1 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyada kasb-hunar bilim yurtiga hujum oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, o‘n kishi yaralandi

Finlyandiyaning Kuopio shahridagi kasb-hunar bilim yurtiga hujum oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, o‘n kishi yaralandi. Bu haqda Yle teleradiokompaniyasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, hujum qilgan shaxs sovuq quroldan foydalangan. Ikki kishi og‘ir jarohatlangan.

Hujum qilganlikda gumonlangan shaxsning o‘zi ham jarohatlangan bo‘lib, u qo‘lga olingan.

Bilim yurti Herman savdo markazida joylashgan. U yerda Savon koulutusyhtyma bilim yurtining biznes bo‘limi talabalari o‘qishadi.

 

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid