Ijtimoiy tarmoqlarda şifokor-kardiolog Jahongir Hojiyev özining kaltaklanganiga oid ma'lumotlar qoldirdi.

«Men Toşkent şahri 6-podstansiya tez-tibbiy yordam şifokori Jahongir Hojiyevman, meni 30 sentabr kuni soat 00:40da kaltaklaşdi, burnimni sindirib, jarohat yetkazişdi, miyam çayqaldi.

29 sentabr kuni soat 22:51da çaqiriq kelib tuşgan bölsa, 12 daqiqada belgilangan manzilga yetib bordik. Bizni mast erkaklar qarşi olişdi va stullarda yotgan 28 yoşli qiz yoniga olib borişdi. Qizda psixomotor qözğaliş kuzatilayotgandi. Uning atrofida 20dan ortiq odam töplanib olgan, hammasi tinimsiz baqirar, meni va şeriklarimni haqorat qilişardi. Men ulardan tinçlanişni va bemorga yordam berişimga xalaqit qilmaslikni söradim. Qizning hayotiy körsatkiçlari me'yorida ekanligini tuşuntirdim. Lekin ular men va feldşerni haqoratlaşda davom ettirişdi. Men yordam körsatdim, qiz uxlab qoldi. Ma'lum vaqt ötib yana uyğondi va yana qiçqirişni boşladi.

Uni şahar 7-klinik şifoxonasiga olib ketdik. Qabulxonada nevropatolog çaqirtirdim, lekin qarindoşlari nevropatologni ham haqoratlaşdi. Çöçib ketgan nevropatolog qizni reanimatsiyaga olib borişni söradi. U yerda şifokor va hamşiralar qizni tinçlantira boşlaşdi. Lekin uning qarindoşlari bu bölimga ham kirib, şifokorlarni kamsitib, haqoratlab urişda davom etişdi. Men yölakka çiqqanimda qizning akasi kutilmaganda boşi bilan yuzimga zarba berdi va burnimni sindirdi. Kuçli qon keta boşladi. Militsiya çaqirişga töğri keldi. Ammo militsiya ham bu (...)larni qiyinçilik bilan tinçlantira oldi.

Qizga keyingi kuniyoq javob berişdi, çunki u butunlay soğlom edi.

Men hozirda 7-klinik şifoxonada «Burun suyaklarining yopiq sinib siljişi, miya çayqalişi va boş miya suyagining aralaş yopiq sinib jarohatlanişi, boş miya çayqalişi» taşxisi bilan davolanyapman. Uçinçi kundirki biror kişi kelib ahvoling qalay, deb söramadi.

2,5 yildan buyon tez tibbiy yordamda işlayman. Odamlar şifokorlarga yildan yilga yomonroq munosabatda bölayotganini körib turibman. Ayniqsa tez tibbiy yordam şifokorlari qiyin ahvolda. Har kuni şifokorlar döpposlanadi, zöravonlar esa jazosiz qolaveradi.

Menga juda alam qiladi. 10 yil davomida kontrakt asosida juda katta mablağ tölab öqidim. Arzimas maoş evaziga ertalabdan keçgaça, çaqiriqdan-çaqiriqqaça işlayman. Hammaga yordam berişga harakat qilaman, öz ustimda işlayman. Buning hammasi uçun «minnatdorçilik» sifatida mana şu jarohatlarni oldim...

Vazirimizga savolim bor: nega biz haqimizda heç kim qayğurmayapti? Nega boşqa tizimlarda xodimlar manfaati uçun sezilarli özgarişlar bölayotgan bir paytda soğliqni saqlaş tizimida hatto işlaş xavfli bölib qoldi?», deya sözlarini tugatgan şifokor.