Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amaliyotida qo‘llashga ruxsat beriladigan dorilar ro‘yxati tasdiqlandi
Ular majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qo‘llanishi mumkin.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qo‘llash va olib kirishga ruxsat beriladigan, O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan analoglari mavjud bo‘lmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati (.pdf) tasdiqlandi.
«Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hamda «Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy jihozlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarorlariga muvofiq, Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i imzolandi va Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qo‘llash va olib kirishga ruxsat beriladigan, O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan analoglari mavjud bo‘lmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlandi. Buyruq 2028 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.
Mavzuga oid
11:35 / 10.06.2026
Qariyb 900 mln so‘mlik sifatsiz va hujjatsiz dorilar aniqlandi
08:15 / 04.06.2026
2030-yillarda yangi tish o‘stiruvchi dori bozorga chiqishi mumkin
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
20:30 / 05.05.2026