Kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ro‘yxati tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar:
kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ro‘yxati;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi qoshidagi Kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash ekspert guruhi tarkibi tasdiqlandi.
Quyidagilar Ekspert guruhining asosiy vazifalari etib belgilandi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda axborot vositalarining kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni sotish hamda ularning noqonuniy muomalasi bo‘yicha axborotini, shu jumladan dori vositalarini notibbiy maqsadlarda iste'mol qilish monitoringi natijalarini ko‘rib chiqish;
kuchli ta'sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga olish sohasida ilg‘or xalqaro va xorijiy tajribani o‘rganish;
kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
Belgilab qo‘yilishicha:
ekspert guruhi o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi va yig‘ilishlarni zarurat tug‘ilganda, yarim yilda kamida bir marta o‘tkazadi;
kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha ekspert guruhi tayyorlagan takliflar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;
Ekspert guruhiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlar berildi:
kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni sotish va ularning noqonuniy muomalasi, shu jumladan dori vositalarining notibbiy maqsadlarda iste'mol qilinishini monitoring qilish maqsadida axborot-tahliliy va uslubiy ma'lumotlarni yig‘ishni tashkil etish va tayyorlash;
ekspert guruhi ishlariga vazirlik va idoralarning mutaxassislarini jalb etish;
tajriba va kerakli ma'lumotlarni almashish hamda olish maqsadida maxsus seminar va uchrashuvlar tashkil etish.
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
12:30 / 10.10.2024
Dorilarning postmarketing nazorati o‘tkaziladi
14:00 / 04.10.2024
To‘rt hududda kuchli dori vositalari savdosi fosh etildi
13:30 / 17.09.2024