O‘zbekiston | 12:10 / 02.10.2019
10941
2 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi doirasida birinchi O‘zbekiston-Rossiya gumanitar forumi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil boshida Rossiyaga amalga oshiriladigan tashrifi doirasida birinchi O‘zbekiston-Rossiya gumanitar forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda RF Federatsiyalar kengashi raisi Valentina Matviyenko ma'lum qildi.

Shuningdek, 12 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

«Hozir Shavkat Mirziyoyevning kelgusi yil fevral oyida Rossiyaga amalga oshiriladigan davlat tashrifiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Uning doirasida mintaqalararo hamkorlikning ikkinchi forumi bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbarlarining bunday e'tibori parlament a'zolarini ushbu yaxshi institutni rivojlantirishga har tomonlama qo‘llab-quvvatlov taqdim etishga majbur qiladi. Prezidentning tashrifi doirasida birinchi gumanitar hamkorlik forumi ham bo‘lib o‘tadi», - dedi Matviyenko.

Federatsiyalar kengashi spikeri davlatlar o‘rtasida ikki mamlakat parlamentlarining roli va ta'siri tobora o‘sib borayotganini ta'kidladi.

«Biz davlatlar rahbarlari o‘rtasida shakllangan munosabatlarning sur'ati va darajasiga mos kelishimiz kerak. Hech bo‘lmaganda ortda qolmasligimiz, ba'zida oldinda bo‘lishimiz lozim. Shuning uchun biz tegishli qo‘mitalar va palatalar rahbariyati doirasidagi aloqalarni faollashtirishni rejalashtirmoqdamiz», - dedi senator.

Shuningdek, u bugun Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Federatsiyalar kengashi devoni tahliliy-huquqiy bo‘limi o‘rtasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumning ahamiyatini ta'kidladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid