Safoyev «Rosselxoznadzor»ning O‘zbekistonda vakolatxona ochishini taklif qildi

Rossiya veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati – «Rosselxoznadzor» O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishi kerak, deb hisoblaydi Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, chorshanba kuni Oliy Majlis Senati va Rossiya Federatsiyalar Kengashi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyaning Toshkentda o‘tgan yig‘ilishida Safoyev ana shunday taklif bildirgan.
Uning fikricha, ushbu chora O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining Rossiyaga eksportini osonlashtirishga yordam beradi.
«O‘zbek eksportining ham hajmi oshishi uchun o‘rtamizdagi savdo-sotiqni muvozanatlashtirishdan manfaatdormiz. Rossiya tomonidan buning uchun talab mavjud.
Ba'zida institutsional va huquqiy mexanizmlar yetishmaydi. Meva-sabzavotlar mahsulotlari eksporti bo‘yicha gapiradigan bo‘lsak, «Rosselxoznadzor» o‘z vakolatxonasini bizning mamlakatimizda ochadigan payt keldi. Shunda sertifikatlash va boshqa ko‘plab masalalar o‘z yechimini topgan bo‘lardi», – dedi Safoyev.
Ma'lumot o‘rnida, 2019 yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston-Rossiya tovar ayirboshlash hami 4 mlrd dollarga yetgan. Bu bilan Rossiya O‘zbekistonning Xitoydan keyingi (5,2 mlrd) ikkinchi eng yirik savdo hamkori bo‘lib qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16
-
Tramp davrida federal budjet xarajatlari 154 mlrd dollarga oshdi
Jahon | 23:09
-
Yaponiyadagi sun’iy orollarda joylashgan aeroport dengiz ostiga g‘arq bo‘lishi mumkin
Jahon | 23:08
-
Tramp tariflari investorlarning AQSh obligatsiya bozorlaridan qochishiga olib keldi
Jahon | 22:13
Mavzuga oid

16:39 / 02.12.2024
“Tashqi siyosat konsepsiyasi yopiq bo‘lishi mumkin emas” - Sodiq Safoyev

13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi

15:20 / 26.10.2024
«O‘zbekistonning BRICS'ga a’zo bo‘lishi kun tartibida emas» – Sodiq Safoyev

12:22 / 28.08.2024