Abu-Dabi valiahd shahzodasi BAAlik ilk fazogirni Yerga qaytgani bilan tabrikladi

BAAning Abu-Dabi amirligi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon amirliklarning ilk fazogiri Hazza al-Mansuriyni Xalqaro koinot stansiyasida bir hafta bo‘lgandan keyin Yerga muvaffaqiyatli qaytgani bilan tabrikladi va BAA fazogirlarining keyingi maqsadi Marsga parvoz ekanligini aytdi.
“Allohga shukrlar bo‘lsinkim, Hazza al-Mansuriy XKSga muvaffaqiyatli parvozdan keyin sog‘-salomat Yerga qaytdi. Amirliklar aholisini tarixiy yutuq bilan tabriklayman. Zoid o‘g‘illari Marsni zabt etishga intilishimizni amalga oshirishga qat'iy bel bog‘laganlar”, deb yozgan Ol Nahayon tvitterda.
BAA iyulda bir yildan keyin Qizil sayyoraga Yaponiyadagi kosmodromdan “Umid” zondini yuborishini e'lon qilgandi. Zond Marsga BAA tashkil topganining 50 yilligiga yetib borishi ko‘zda tutilgan. Undan avvalroq BAA 2117 yilgacha Marsda Chikago shahridek keladigan va aholisi 600 ming kishini tashkil qiladigan manzilgoh qurishni rejalashtirayotgani ma'lum qilingandi.
Shuningdek, BAAda orbitaga yuborish uchun ko‘proq fazogir tayyorlanmoqchi. Bu haqda Muhammad bin Rashid nomidagi koinot markazining vakili Said Karmustojiy aytib o‘tdi.
“Kelgusida boshqa fazogirlarimiz bo‘lishiga umid qilamiz. Biz fazogir bo‘lishni istovchilarni izlamoqdamiz va ularni rag‘batlantiramiz. Biz, shuningdek, BAAni Xalqaro koinot stansiyasida bildiruvchi insonni izlamoqdamiz”, deb aytgan Karmustojiy al-Mansuriy Yerga qaytgan “Soyuz MS-12” kemasi qo‘ngan joydan.
Uning aytishicha, hozirda amirliklar fazogirlari otryadiga al-Mansuriyning dublyori va u bilan bir xil tayyorgarlikdan o‘tgan Sulton al-Niyoziy kiradi.
Al-Mansuriy XKSda 8 kun bo‘lgach, rossiyalik Aleksey Ovchinin va amerikalik Nik Xeyg bilan birga 3 oktyabrda “Soyuz MS-12” kemasida Yerga qaytdi. Al-Mansuriy koinotga parvoz qilgan ilk BAAlik fazogir va XKSda bo‘lgan ilk arab bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatining hududiy sanoat yarmarkasi bilan tanishdi
O‘zbekiston | 17:56
-
Xitoy savdo urushi doirasida Boeing samolyotlarini sotib olishni to‘xtatdi
Jahon | 17:53
-
Fransiyada bir vaqtning o‘zida bir nechta qamoqxonaga hujum uyushtirildi
Jahon | 17:49
-
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46
Mavzuga oid

11:01
BAAda sohilga neft sizib chiqdi: turistlar o‘zlarini yomon his qilmoqda

08:47
O‘zbekiston va BAA tahlil markazlari o‘rtasidagi hamkorlik faollashadi

07:48 / 01.04.2025
«Bu hali yakuniy qaror emas» – Tashqi ishlar vazirligi BAAda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘limga hukm qilinganini tasdiqladi

16:35 / 31.03.2025