Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2018 yil 3 sentabr kuni Qirğizistonning Çölpon-ota şahrida bölib ötgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşining oltinçi sammiti faxriy mehmon sifatida iştirok etdi.
Davlatimiz rahbari sammitda sözlagan nutqida “xalqlarimizni öxşaş til, muştarak ma'naviy qadriyatlar va hamkorlik riştalari bir-biriga boğlab kelayotgani, bugungi kunda Kengaşning siyosiy kun tartibida heç bir muammo yoki kelişmovçilik mavjud emas”ligini qayd etdi. “Mamlakatlarimiz dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarda özaro mos yoki yaqin qaraş va yondaşuvlarga amal qilib kelmoqda. Ayni vaqtda xalqlarimizning hayotiy manfaatlariga töla javob beradigan iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, transport va kommunikatsiya, turizm, ilm-fan va ta'lim kabi sohalarda özaro hamkorlik faol rivojlanmoqda”, dedi Şavkat Mirziyoyev. Özbekiston Prezidenti sammitda mamlakatimizning “Turkiy kengaşga a'zo davlatlar bilan özaro savdo hajmi oxirgi bir yilda 40 foizdan ziyod oşgani”ni e'tirof etib, “bu körsatkiçlardan ança yuqori marralarga erişiş mumkin”ligini ta'kidladi. Davlatimiz rahbari öz nutqida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi doirasidagi aloqalarni rivojlantirişga doir muhim yönalişlarga töxtalib ötdi va Özbekiston uşbu xalqaro tuzilma doirasida özaro samarali hamkorlikni yanada rivojlantirişdan manfaatdor ekanligini, uning “kelajagiga katta umid va işonç bilan qaraşini” aytib ötdi.
Özbekiston uşbu yönalişda yana bir muhim va tarixiy qadam taşladi. Joriy yil sentabr oyida mamlakatimizning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşiga tölaqonli a'zo bölib kirişiga qaratilgan huquqiy-diplomatik jarayon boşlab yuborildi. Buning uçun mazkur xalqaro taşkilotni tuzişda bundan ön yil oldin huquqiy asos bölib xizmat qilgan Naxiçevan xalqaro şartnomasiga qöşilişimiz lozim edi. Uşbu bitimning qoidalariga binoan, unga qöşilmoqçi bölgan mamlakat tegişli ravişda unga a'zo davlatlarga murojaat qiladi va rozilik olingandan keyin ratifikatsiya bilan boğliq içki protseduralarni amalga oşirib, maxsus rasmiy ma'lumotni mazkur şartnomaning depozitariysiga topşiradi. Depozitariyda murojaat ijobiy qabul qilinganidan söng şartnoma 30 kundan keyin kuçga kiradi. Özbekiston bunday murakkab siyosiy-huquqiy jarayonni juda qisqa muddatda tamomladi. Bunda mamlakatimizning salohiyati, davlatimiz rahbarining obro‘-e'tibori, qat'iy siyosiy irodasi, tomonlarning özaro döstona munosabatlari, muştarak manfaatlari uyğunligi hamda faol diplomatik çora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etdi.
Natijada, hattoki, xalqaro munosabatlar tarixida yangi bir “rekord” - pretsedent şakllantirildi, desak mubolağa bölmaydi. Bir davlatning xalqaro taşkilotga kirişi uçun uşbu tuzilmaga a'zo davlatlarning barçasidan sanoqli soatlarda rasmiy rozilik olinib, asosiy şartnomaga qöşiliş jarayoni boşlandi. Özbekiston ham jarayonning öziga tegişli qismini qisqa muddatlarda nihoyasiga yetkazdi: Prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yil 14 sentabr kuni “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengaşini tuziş töğrisidagi Naxiçevan bitimini ratifikatsiya qiliş haqida”gi Özbekiston Respublikasi qonunini imzoladi. Öşa kuniyoq mazkur Bitim depozitariysi bilan tegişli muzokara va rasmiy yozişmalar amalga oşirilib, şartnomaning Özbekiston uçun 30 kun içida kuçga kirişi ta'minlandi. Natijada, mamlakatimiz joriy yilning 15 oktyabr kuni Ozarbayjonda bölib ötadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengaşida tölaqonli a'zo davlat sifatida iştirok etadi.

















