Özbekistonning Turkiyaga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi Ilhom Haydarov Anqara şahriga yetib keldi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».
U Turkiya Taşqi işlar vazirligi Protokol boş boşqarmasi boşliği, elçi Ahmet Jyemil Miröğliga işonç yorliqlari nusxalarini topşirgan.
Ular, şuningdek, 21–22 iyun kuni Istanbulda bölib ötadigan Islom hamkorlik taşkiloti taşqi işlar vazirlari kengaşining 51-sessiyasida Özbekiston delegatsiyasining iştirokini muhokama qildi.
Ahmet Jyemil Miröğli, öz navbatida, yangi elçiga Istanbuldagi Taşqi iqtisodiy aloqalar kengaşi (DEIK) bilan töğridan töğri aloqalarni yölga qöyişga yaqindan kömak körsatişga tayyorligini bildirdi.
Haydarov 2024 yil iyul oyidan buyon Özbekiston taşqi işlar vazirining örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.
U Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti), Rossiya taşqi savdo akademiyasini, Memfisdagi (AQŞ) Xalqaro paxta maktabini tamomlagan.
Özbekiston Taşqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimida (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) va xorijiy vakolatxonalarda savdo-iqtisodiy maslahatçi, Ukrainadagi elçi (2006–2009 yillar) lavozimlarida işlagan.
2009 yildan 15 yil davomida «Özbekengilsanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyasiga (hozirgi «Töqimaçilik va tikuv-trikotajsanoat» uyuşmasi) rahbarlik qilgan. Şu bilan birga, 2021–2024 yillarda Özbekiston Iş beruvçilar konfederatsiyasi raisi sifatida işlagan.
Ilhom Haydarov 2017 yildan buyon Özbekistonning Turkiyadagi elçisi lavozimida işlab kelgan Alişer A’zamxöjayev örnini egalladi. A’zamxöjayev avvalroq Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi etib saylangandi.












