Nima uçun turk tadbirkorlari bilan özbek tadbirkorlari emas, hukumat vakillari uçraşmoqda, buning sababi nimada? Özbekistonda öta boy odam bölmaydi. Özbekistonning Turkiyadagi elçisi Alişer A'zamxöjayevga köra, mamlakatda ötgan davr mobaynida boy bölişga çegara qöyilmaganida, bugungi kunda turk tadbirkorlari qarşisida özbek tadbirkorlari muzokara olib borgan bölar edi.
Özbekistonga Turkiya investitsiyasini jalb etiş qanday amalga oşirilmoqda? Özbek-turk munosabatlari qanday rivojlanmoqda? Anqaradagi xorijiy diplomatik korpus vakillari Özbekistonning qaysi faoliyatiga qiziqiş bildirmoqda? Elçi A'zamxöjayevning ideali kim?
Özbekistonning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elçisi, sobiq deputat Alişer A'zamxöjayev Kun.uz muxbiriga bergan eksklyuziv intervyusida şu va boşqa mavzular yuzasidan öz fikrlarini bildirdi.
- Alişer aka, keling uzoq yölni yaqin qilaylik. Özbekiston-Turkiya munosabatlarining hozirgi ahvoli va kelajagini nimalarda köryapsiz?
«Elçilik haqida gapirdingiz, şuning uçun, suhbatimiz boşida elçi kim, degan savolga qisqaça izoh bersam. Sobiq Ittifoq davrida “kim diplomat böla oladi, degan savolga öqiş, tinglaş va yozişni bilgan, ya'ni öqigan va eşitgan narsasini Vataniga yoza bilgan inson diplomat bölişi mumkin, degan tuşunça bölar edi.
Zamonaviy Özbekistonni oladigan bölsak, diplomatiya faoliyatida islohotlarni boşlagan kişi prezident Mirziyoyev bölib, diplomatlar tuşunçasini 180 darajaga özgartirib yubordi. U kişi men bilan suhbatda “siyosiy diplomatiya emas, iqtisodiy diplomatiya kerak, Turkiyadan investitsiya va sayyohlarni jalb qiliş kerak”ligini uqtirdi».
Alişer A'zamxöjayevning bildirişiça, u 2 yil mobaynida Turkiyaning 81ta viloyatidan 32tasiga borgan va Özbekistondagi investitsion muhit va turistik salohiyati, ayniqsa ziyorat turizmiga doir taqdimotini ötkazgan.
«Bilasizmi, hozir bizning usulni qöşni mamlakatlar elçixonalari ham oldi. Oldimga kelib, “mamlakatimiz rahbarlari Özbekistonda yangiça usulda iş boşlanyapti, deyişdi. Nima iş qilyapsizlar”, deb söraşgaç, biz tuşuntirib berdik. Ularga prezident videoselektor majlisi orqali elçilar bilan töğridan-töğri muloqot qilişini aytib bersak, elçilar tuşunişmayapti».
Mavzuga oid:

















