Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tez buziladigan mahsulotlarga sertifikatlar bir kunda rasmiylashtiriladi
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Eslatib o‘tamiz, olib qo‘yilgan mahsulot majburiy tartibda sertifikatlanishi lozim bo‘lsa, muvofiqlik sertifikati esa mavjud bo‘lmasa – olib qo‘yishni amalga oshirgan vakolatli organning mansabdor shaxsi sertifikatlashni o‘tkazish va sertifikat olish uchun buyurtma beradi.
Kiritilgan tuzatishlar bilan sertifikatni rasmiylashtirish va berish muddatlari belgilandi:
• tez buziladigan mahsulotlarga nisbatan – zarur hujjatlar (sinov bayonnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari) taqdim etilgan vaqtdan boshlab 1 kun;
• boshqa turdagi mol-mulklarga nisbatan – qonun hujjatlariga muvofiq (transport vositalaridan tashqari) 3 ish kunidan oshmagan muddatda.
Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklar sotilishini ta'minlashda mahalliy hokimiyat organlari bozor va savdo majmualarida savdo o‘rinlari va yarmarkalar tashkil etish orqali savdo tashkilotlariga ko‘maklashadi.
Hujjat 28.09.2019 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
09:30 / 15.06.2026
Endi o‘qishni ko‘chirishda ham sertifikatlar uchun ball beriladi
15:20 / 14.03.2026
Bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy sertifikatlashdan ixtiyoriy tarzda o‘tishi mumkin
22:24 / 01.03.2026
O‘qituvchilarning amaldagi sertifikatlari muddati tugamagunicha malaka toifasi tushirilmaydi – vazirlik
12:38 / 13.02.2026