Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahraynning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Foto: TIV axborot xizmati
2019 yilning 3 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Bahrayn Podshohligining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Ibrohim Yusuf Abdullani (qarorgohi Anqara shahrida) qabul qildi.
Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng vazir elchi bilan O‘zbekiston-Bahrayn munosabatlarini ikki tomonlama va BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish, savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni kengaytirish mexanizmlarini faollashtirish, ikki mamlakatning ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatishdan tomonlar manfaatdor ekanligi izhor etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Bahrayn o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladigan shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish muhim ahamiyatga egaligi e'tirof etildi.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqa kun tartibidagi ayrim masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
16:44 / 16.11.2025
“Yangi geosiyosiy mintaqa tug‘ildi” – Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning formatga qo‘shilishi haqida
18:16 / 31.10.2025
O‘zbekiston yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarida tarixiy natijani qayd etdi
22:44 / 24.10.2025
O‘zbekiston yosh sportchilari Osiyo o‘yinlarida yana bir medalni qo‘lga kiritdi
12:20 / 24.10.2025