Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Shimoliy Koreya bilan muzokaralarni muvaffaqiyatsiz deb tan olishdan bosh tortdi
AQSh va Shimoliy Koreya delegatsiyalari Stohkolmda yadroviysizlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar yuzasidan Pxenyanda ular umidlarni oqlay olmagani, AQSh davlat departamentida esa hammasi yaxshi o‘tgani, muammolarni bir kunda hal qilib bo‘lmasligi aytilgan.
Davlat departamenti vakili Morgan Ortagusning fikricha, Shimoliy Koreyaning AQSh bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz o‘tgani haqidagi bayonoti tomonlarning 8 soatlik suhbati mazmunini aks ettirmaydi.
“AQSh va Shimoliy Koreya Koreya yarimorolidagi 70 yillik urush va adovat merosini bir shanbada yengolmaydi. Bu og‘ir masalalar, ular ikki tomonning kuchli istagini talab qiladi. AQShda bunday istak bor”, deb aytgan davlat departamenti vakili.
Uning aytishicha, amerikalik diplomatlar bir nechta “kreativ g‘oyalar” taklif qilishgan. AQSh delegatsiyasi AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In sammiti ortidan yuz bergan voqealarga e'tibor qaratgan va ko‘plab masalalarni hal qilish uchun faol harakatlar zarurligini muhokama qilgan.
Avvalroq Shimoliy Koreya delegatsiyasi rahbari Kim Myong Gil muzokaralar umidni oqlay olmagani va to‘xtaganini aytgan.
Mavzuga oid
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
18:51 / 15.07.2026
Tramp jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollar to‘ladi
18:11 / 15.07.2026
Xitoy avtomobil bozori jahon reytingida 1-o‘rinni egalladi
11:20 / 15.07.2026