Jahon | 14:58 / 08.10.2019
8329
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada yuk mashinasi ishtirokidagi voqea terrorchilik harakati deb baholanmoqda

Foto: Christopher Harms/dpa

Germaniya rasmiylari Limburg-an-der-Lan shahrida sodir bo‘lgan voqeani terakt deb baholamoqda. Bu haqda ZDF telekanali xabar qildi.

Dushanba kuni yuk mashinasi svetoforda to‘xtab turgan yengil mashinalarga kelib urildi, voqea oqibatida kamida 17 kishi jarohat oldi. Ma'lum bo‘lishicha, mashina o‘g‘irlangan bo‘lib, haydovchi hodisa joyida qo‘lga olingan.

Telekanalning ma'lumot berishicha, gumonlanuvchi Germaniyaga Suriyadan kelgan bo‘lib, yoshi 30da. Frankfurt-Mayn shahri prokuraturasi tergov ishlarini olib bormoqda.

Jabrlanganlarning yetti nafari kasalxonada qolmoqda. Bir kishining ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda. Gumonlanuvchining o‘zi yengil tan jarohati olgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid