Onlayn auksionda 2,4 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi
2019 yilning 30 sentabr – 6 oktabr kunlari “O‘zRTXB” AJda 674,8 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 310,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Shu jumladan, birja savdolarining hajmi avvalgi haftaga nisbatan 34 %ga kamayib, 571,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Eksport sotuvlarini hajmi esa aksincha 4,5 baravarga oshib, 1,8 mln. AQSh dollarni tashkil etdi. Eksportning tarkibida polietilenning ulushi – 69%, piroliz gazolinining ulushi – 28%, va sanoat moyi ulushi – 3%ni egalladi.
Ko‘rgazma-yarmarka savdolarining haftalik hajmi 15,5 mlrd so‘mdan oshdi. Kichik biznes sub'yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar qariyb 1,0 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 626 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,4 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 20,0 % birinchi toifadagi avtoraqamlarga 49,7 % ikkinchi va 30,4 % uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Mavzuga oid
11:38 / 13.11.2024
Toshkentda pulli "parkovka"lar tashkil etish uchun auksion o‘tkaziladi
18:43 / 16.08.2024
Toshkentda AQSh elchixonasi eski xizmat avtomobillari auksioni qoldirildi
11:29 / 14.08.2024
Toshkentda 230 ta qoidabuzarlik qilgan ayol haydovchining Lacetti’si xatlanib, auksionda sotib yuborildi
13:25 / 21.05.2024