Andijondagi ta'lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan ko‘rgazmali seminarlar o‘tkazilmoqda
Ta'lim sifatini yanada yaxshilashda tizimga taalluqli har qanday yumush muhim o‘rin tutadi. Xususan, umumiy o‘rta ta'lim maktablarida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishning ahamiyati katta.
Andijon viloyati xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan kuz va qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qo‘rg‘ontepa va Shahrixon tumanlaridagi maktablarda umumta'lim maktab direktorlari va ularning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida 2019-2020 yillar kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha hududiy ko‘rgazmali seminarlar tashkil etildi.
8 oktabr kuni Qo‘rg‘ontepa tumani 12-umumta'lim maktabida Xonobod shahri, Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jaobod, Buloqboshi hamda Jalaquduq tumanlaridagi umumta'lim maktablarining mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan seminarda ta'lim muassasalaridagi mavjud deraza oynalariga sellofan, skotch va kirish eshiklari uchun prujinalarni zaxira qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, barcha ta'lim muassasalarini 10 oktyabrdan kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirish bo‘yicha 10 kunlik dolzarb safarbarlik e'lon qilindi. Shu bilan birga, seminar ishtirokchilariga 2019-2020 yillar kuz-qish mavsumida burjuyka pechlardan foydalanmaslik, isitish qozonlarini mavsumga tayyorlash, ko‘mir yoqilg‘isini zaxira qilish va undan maqsadli foydalanish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berildi.
- Bundan tashqari, maktablardagi mavjud oshxonalarda o‘quvchilarga ta'qiqlangan mahsulotlar sotilishining oldini olish bo‘yicha topshiriqlar berdik, - deydi viloyat XTB boshlig‘i F. Buzrukov. – Chunki o‘quvchi yoshlarning salomatligini muhofaza qilish har qanday holatda ham birinchi o‘rinda turadi. Ular doimo sog‘lom bo‘lishsa, katta ishtiyoq bilan bilim olishga intiladilar. Bunda sinf xonalaridagi shart-sharoitlar ham muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, qishning izg‘irinli kunlarida har bir sinf xonasi yetarli darajada isitilishi lozim. Buni Shahrixon tumanida o‘tkazilgan ko‘rgazmali seminarda ham maktablarning rahbarlariga yana bir bor uqdirib o‘tdik. O‘ylaymizki, ular mavjud yoqilg‘i zaxiralaridan maqsadli ravishda foydalanib, o‘quvchilar uchun barcha qulay sharoitlarni yaratib beradilar va kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazadilar. Shunda hech qanday muammo ham, e'tiroz ham yuzaga kelmaydi.
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024