Jahon | 19:55 / 09.10.2019
3552
1 daqiqa o‘qiladi

OAV Germaniyadagi yana bir shaharda otishma sodir bo‘lganini xabar qildi

Foto: REUTERS / Reuters TV / Nonstopnews

Germaniya OAV Halle shahridan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan Landsberg shahrida otishma sodir bo‘lgani haqida xabar berdi.

"Halledan tashqari, undan 15 kilometr masofada joylashgan Landsbergda ham otishma sodir bo‘ldi", - deb xabar berdi Bild gazetasi.

Nashrning ta'kidlashicha, politsiya bu ma'lumotni dpa agentligiga tasdiqlagan.

Voqeaning boshqa tafsilotlari ma'lum qilinmayapti.

Avvalroq Halle politsiyasi shaharda ikki kishi otishma sodir etgani to‘g‘risida xabar qilgandi. 

OAVning ma'lumot berishicha, otishma sinagoga yaqinida sodir bo‘lgan, shuningdek, noma'lum shaxs yahudiylar qabristoniga granata uloqtirgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid