Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda YTH oqibatida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi
7 oktabr kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda “Postda”.
Shu kuni, soat 14:20larda Chorbog‘ mahallasida yashagan K.T. o‘z boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinani Oqtosh qishlog‘i hududidan o‘tuvchi yo‘lda haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotadi va qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan fuqaro O.B. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan. To‘qnashuv oqibatida “Lasetti” avtomashinasida yong‘in kelib chiqqan.
Natijada, “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi K.T. va uning yo‘lovchisi, Sherobod tumani Chorbog‘ mahallasida yashovchi U.M. kuyish jarohati olib, voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi O.B. va ikki yo‘lovchi kasalxonaga yotqizildi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:37 / 03.06.2026
Surxondaryoda tug‘ilgan to‘rt oyoqli chaqaloq murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tdi
15:21 / 03.06.2026
Guvohnomasi yo‘q ikki yigitchaning poygasi o‘limlar bilan tugadi
17:39 / 02.06.2026
Toshkentda BYD yo‘lovchi avtobus bilan to‘qnashdi
12:10 / 27.05.2026