Andijonda maktab o‘quvchilari o‘rtasida «Mening huquq va majburiyatlarim» respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Andijonda Xalq ta'limi vazirligi tashabbusi bilan umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida «Mening huquq va majburiyatlarim» respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilar o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma'rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o‘rgatish bilan uyg‘un holda tashkil qilishga, shuningdek, har bir o‘quvchida davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularni shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik, faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, o‘quvchilardla huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini keng targ‘ib qilishdan iborat.
Tanlov 3 bosqichda tashkil etildi. 1-bosqichda respublika miqyosida jami
9-11 sinf o‘quvchilaridan 30 870 nafari onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar 20 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan birinchi bosqichda onlayn test topshirishdi va 70 balldan yuqori to‘plagan 16 790 nafar o‘quvchi keyingi bosqichga o‘tdi. 2-bosqich
30 sentabr kuni hududlarda bo‘lib o‘tdi va jami 8 871 nafar o‘quvchi ikkinchi bosqichning
2-shartiga yo‘l oldi. Nizom bo‘yicha 3 oktyabrga qadar o‘tkazilgan ikkinchi bosqich
2-shartidan eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilarning besh nafari tanlab olinib, hududlarning o‘zida jamoalar shakllantirildi va respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ro‘yxati tashkiliy qo‘mitaga taqdim etildi.
10 oktabr kuni Andijon shahrida «Mening huquq va majburiyatlarim» respublika ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida har bir hududdan 5 kishidan jami 70 nafar o‘quvchidan iborat jamoalar bellashdi.
Respublika bosqichi g‘oliblari 3 shart bo‘yicha aniqlandi: 1-shart onlayn test,
2-shart og‘zaki savol-javob hamda 3-shart jamoat tomonidan avvaldan tayyorlab kelingan ijtimoiy roliklar.
Ko‘rik tanlovning respublika bosqichida Xorazm viloyatining «Adliya» jamoasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining «Baron» jamoasi, Navoiy viloyatining «Yosh targ‘ibotchilar» jamoasi, Toshkent shahrining «Hidoya» jamoasi, Andijon viloyatining «Parlament» jamoasi, Qashqadaryo viloyatining «Femida» jamoasi va Toshkent viloyati «Adolat» jamoasi yuqori ball to‘plab g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ko‘rik tanlovda ishtirok etgan o‘quvchilar va g‘oliblar Xalq ta'limi vazirligi tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024