«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi faoliyati jurnalistlar nigohida
2019 yil 11 oktabr kuni "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 maydagi PP-4335-sonli "Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosining borishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda,"O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi ijro etuvchi apparatining rahbarlari va mutaxassislari, uyushma tarkibidagi yirik ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Ommaviy axborot vositalari hamda aholini qiziqtirayotgan shu kabi savollarga tadbir tashkilotchilari tomonidan batafsil javob berildi.
Qarorda ta'kidlanganidek, respublikamizda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha barqaror o‘sish sur'atlarini ta'minlash, shuningdek, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni kunda yurtimizda 10 mingga yaqin qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yillarda 120 turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 180 tadan oshib ketdi.
Bugungi kunda mazkur korxonalarda ishlab chiqarilgan keramik plitkalar, santexkeramika mahsulotlari, gulqog‘oz, linoleum, quruq qurilish aralashmalari, pishgan g‘isht, pardozbop toshlar, ohak, polipropilen quvurlar, fitinglar singari qurilish materiallariga Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston bozorlarida talab ortib bormoqda. Endilikda ular qatoriga Ozarbayjon, Tojikiston va Afg‘oniston ham qo‘shildi.
Shu vaqtga qadar aksariyat qurilish mahsulotlari chetdan olib kelinar edi. Bugun qurilish ishlarida o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ham xorijnikidan qolishmaydi. Misol uchun Jizzax viloyati Forish tumanida bazalt toshini qayta ishlash orqali bazalt tolasi va armatura kompozitsiyalarini keltirishimiz mumkin.
Shu o‘rinda raqamlarga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 3,5 trln. so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarilgan (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 106,9 foiz). O‘sish sur'ati asosiy turdagi qurilish materiallari hisoblangan - sement ishlab chiqarish bo‘yicha 108,2 foizni, keramik plitka bo‘yicha 150 foizni, gipsokarton bo‘yicha 137,1 foizni, gulqog‘oz (oboy) bo‘yicha 6,1 martani tashkil etgan.
Ushbu davrda soha bo‘yicha jami 115,0 mln dollarlik eksport amalga oshirilgan. Shu jumladan, uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan qurilish materiallari eksporti 50,2 mln dollarni tashkil etib prognozga nisbatan 100,4 foizga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 125,4 foizga oshgan. Eksport qilingan mahsulotlar jumlasiga keramik plitkalar, santexkeramika mahsulotlari, gulqog‘oz (oboy), quruq qurilish aralashmalari, pishgan g‘isht, tabiiy toshdan yasalgan pardozbop plitalar, ohak, polipropilen quvurlar, fitinglar va boshqalar kiradi. Tarmoq korxonalari tomonidan ishlab chiqarilishi mahalliylashtirilgan mahsulotlar 320,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
So‘nggi yillarda qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida ulkan yutuqlarga erishildi. Xususan, 2016 yilga nisbatan 2019 yil yakunida sement ishlab chiqarish quvvati 8,5 mln. tonnadan 15 mln. tonnaga yetkaziladi. Yil ohirigacha mamlakatimizda shu kungacha ishlab chiqarilmagan gazobeton bloklari (yillik quvvati 350 ming metr kub), oboy (yillik quvvati 1 mln. 300 ming rulon), keramogranit, quyma pol, 600 markali sement, geosetka, penablok, shisha kristallit, kompazit qurilish materiallari va DSP (yillik quvvati 195 ming metr kub) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, joriy yilda 17 investitsiya loyihasi bo‘yicha 316,9 million dollar miqdoridagi investitsiyalarni o‘zlashtirish belgilangan.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida qamish asosida yiliga 200 ming kub metr DSP ishlab chiqarishni tashkil etish, “Kvars” aksiyadorlik jamiyatida yiliga qalinligi 2 millimetrdan 19 millimetrgacha bo‘lgan 22,2 million kvadrat metr oyna ishlab chiqarish, “Samarqand Afrosiyob sement” MChJda yiliga 561 ming tonna, “Ohangaronsement” AJda yiliga 3 million tonna sement ishlab chiqarish zavodini tashkil etish kabilar shular jumlasidan. Joriy yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha jami 118,7 million dollar miqdoridagi investitsiyalar o‘zlashtirilib, belgilangan prognozning 144 foizga bajarilishi ta'minlandi.
Shuningdek, joriy yilda Toshkent viloyatida “EMG” MChJ korxonasida yiliga 2,1 million kvadrat metr keramogranit, Sirdaryo viloyatida “Gret Val Star” MChJda yiliga 30,0 ming kub metr MDF plitalari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlar ishga tushirilgani ham katta yutuqlardan biridir. Ayni kunlarda Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi sanoat hududida “Ohangaronsement” AJ bazasida qad ko‘tarayotgan yangi zavodning ishlab chiqarish liniyasida umumiy qurilish ishlari tugallanmoqda.
Yurtimizda 25 ta sement ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan joriy yilida 11 million tonnadan ziyod sement ishlab chiqariladi. Joriy yil avgust oyidan boshlab Navoiy shahrida joylashgan “Qizilqumsement” AJ tomonidan respublikamizda birinchi bo‘lib M-600 markali yuqori sifatli sement ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Mavzuga oid
19:30 / 17.11.2021
1 yilda 3,6 mln kvadrat metr sopol koshin ishlab chiqarilmoqda. “Orient keramik” MChJga press-tur tashkil etildi
18:37 / 19.08.2021
“O‘zsanoatqurilishmateriallari”: Joriy yilda investitsiya dasturiga ko‘ra 306 mln dollarlik 12 ta loyiha ishga tushiriladi
21:30 / 27.07.2021
4 trln 348,9 mlrd so‘m. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan 2021 yil 6 oyida shuncha miqdorda qurilish mollari ishlab chiqildi
19:30 / 12.07.2021