Özbekistonda magistral gaz quvurlaridan foydalaniş muddati, şartlari va me'yorlari masalalariga oid qonun hujjatlari işlab çiqilmagan, quvurlar diagnostikasi töliq ötkazilmayapti. Natijada «Öztransgaz» tasarrufidagi magistral gaz quvurlarining 68 foizining texnik holati ma'lum emas.

Boz ustiga, mavjud 13 ming km magistral gaz quvurlarining 11,5 ming kilometri 20 yildan köproq muddatdan buyon foydalanib kelinmoqda.

Senat yalpi majlisida ma'lum qilinişiça, gaz quvurlarida jiddiy avariyalar sodir bölayotgani yuqoridagi faktlar bilan izohlanadi.

«Masalan, 2014 yil 13 iyulda «Xovost-Farğona» magistral gaz quvurida sodir bölgan avariyada 4 nafar fuqaro tan jarohatlari olgan va ularning 2 nafari vafot etgan. Yoki, faqat joriy yilda magistral gaz quvurlarida 4 marta turli avariyalar, ya'ni portlaş, yonğin va baxsiz hodisalar sodir bölgan», – dedi senator Boymatjon Rasulov.

Uning sözlariga köra, uşbu favqulodda holatlar quvurlarning yaroqsiz holga kelişi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmasligi tufayli kelib çiqqan. Avariyalar natijasida yöqotilgan gaz hisobiga davlatga 1,5 mlrd. sömdan ortiq zarar yetkazilgan.

Senat a'zosi keltirgan raqamlarga köra, «Hududgazta'minot» AJga qaraşli jami 88.731 kilometr, şu jumladan köp qavatli uylardagi gaz quvurlarining 20.373 kilometri 10 yilgaça, 25.865 kilometri 10 yildan 20 yilgaça, 42.493 kilometri 20 yildan 30 yilgaça va undan ortiq muddat foydalanib kelinmoqda. Ularning ham texnik holatini diagnostika qiliş işlari amalda töliq bajarilmay kelmoqda.

«Ikkinçidan, aholining hayoti va mol-mulki, atrof muhit, turli obektlar, gaz quvurlari hamda uskunalari xavfsizligiga jiddiy tahdidlardan yana biri – magistral gaz quvurlarining himoya zonalarida noqonuniy qurilmalarning mavjudligidir.

2019 yilning 1 iyul holatiga himoya zonalarida aniqlangan noqonuniy qurilmalar jami 2.063 tani taşkil qilib, ularning 879tasini buziş yoki boşqa joyga köçiriş masalasida sudlarga kiritilgan da'vo arizalarining 810 tasi qanoatlantirilgan va atigi 35 tasining ijrosi ta'minlangan.

Himoya zonalaridagi noqonuniy qurilmalarni hududlar kesimida köradigan bölsak, ularning aksariyati Buxoro, Toşkent, Samarqand, Surxondaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlariga töğri keladi. Ta'kidlaş lozimki, noqonuniy qurilmalarning soni ötgan bir yilda kamayiş örniga 67 taga köpaygan.

Uçinçidan, iste'molçilarga tegişli, şu jumladan köp qavatli uylardagi gaz quvurlarining nosozligi, avtomatik sozlaş, nazorat qiliş asboblariga ega bölmagan isitiş moslamalaridan foydalaniş, isitiş moslamalari, dudböronlar va şamollatiş kanallaridan foydalanişda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmasligi natijasida fuqarolarning is gazidan zaharlanişi hamda boşqa favqulodda holatlar röy bermoqda.